OAV xodimlari DXMlar faoliyatini o‘rgandi: ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi, takliflar bildirildi

OAV xodimlari navbatdagi matbuot anjumanida davlat xizmatlari markazlari va ularning aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘rganishdi.

Jurnalistlar dastlab Samarqand tumani davlat xizmatlari markazida fuqarolar va tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi.

Markaz rahbari S.Saloxitdinov juryalistlarga mavjud xizmat turlari, ularni olish tartibi va reglamenti haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatchilarga yanada keng imkoniyatlar yaratish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

Anjuman davomida davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan takliflar bildirilib, fikrlar almashildi. Ishtirokchilar tumanning olis hududlariga ko‘rsatilayotgan sayyor davlat xizmatlarini ko‘paytirish lozimligini ta’kidladi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM