Matbuot anjumanida yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida  ma’lumot berildi.

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi  799-son qaroriga asosan  “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish buyicha” tumandagi 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ular yashaydigan mahallalarida jamoat ishlariga, 3 nafari bo‘sh hamda zaxiralangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishiga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlanma qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57- sonli qarori ijrosi bo‘yicha joriy yil davomida 12 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish orqali ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida tumandagi 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar turli yunalishlarda o‘qish istagini bildirgan va ABKM tomonidan yullanmalar berildi. Ular Samarqand shahar "Ishga marhamat” monomarkazga o‘qishga joylashtirilgan.
Shuningdek, “Temir, ayollar va yoshlar daftarlari”dagi fuqarolarga ham 8 turdagi, jami 212,4 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM