Ochiq muloqotda aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati to‘g‘risidagi masala o‘rtaga tashlandi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida tunu kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limi tashkil qilindi. Markaziy shifoxonasida qo‘shimcha bino qurilib, qizil, sariq va yashil hududlarga bo‘lingan maxsus palatalar va yo‘laklar tashkil etildi. Qabul bo‘limiga yangi UTT apparati olindi, reanimasiya bo‘limida markazlashtirilgan kislorod stansiyasi o‘rnatildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi tarkibida bo‘lgan tez tibbiy yordam bo‘limi Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand filiali tarkibiga markazlashtirilgan yagona boshqaruvga o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand tumanida mavjud 21 ta tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi brigadalar faoliyati muvofiqlashtirildi. Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-treker qurilmalari, maxsus axborot tizimi orqali tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish bo‘yicha planshet qurilmalari olindi. Bundan tashqari dispetcherlik markaziga zamonaviy kompyuter qurilmalari qo‘yildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM