2023 yilda 6,4 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

Tuman hokimligida “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tuman filiali direktori Aziz Fayziqulov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha 2022-2023-yillarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Qayd etilganidek, Samarqand tumani hududida istiqomat qilayotgan 266 ming nafar aholidan 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan. Ta’minlanish darajasi 91,2 foizni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda tuman hududida 210 ta suv inshooti, 215 ta suv qudug‘i va 305,2 km ichimlik suv tarmog‘i mavjud.
Aholini uzluksiz ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha 2022 yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida 3 mlrd 25 mln so‘m mablag‘ evaziga “Qoziqo‘rg‘on” mahallasida 1 dona yangi suv inshooti, 5 km ichimlik suvi tamrog‘ini almashtirildi. “Do‘stlik” mahallasi hududida 1 dona yangi suv inshooti qurildi. 1 dona suv inshooti rekonstruksiya qilindi va 7,2 km ichimlik suvi tarmoqlari almashtirilib, jami 3530 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishi va 2955 nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga erishildi.
Shu jumladan, tumandagi “Sho‘rboi”, “Navbog‘”, “Quyi Chordara”, “Qorasuv”, “Diyor”, “Qo‘lba”, “Nayman”, “Sulfakabutak”, “Andijoni”, “Mirishkor”, “Yuqori Chordara” hamda “Urganji” mahallaslaridagi suv tarmoqlari eskirganligi va yaroqsiz holatga kelib qolganligi sababli, ushbu mahallalardagi jami 4,4 km ichimlik suv tarmoqlari almashtirildi. Ushbu mahallalardagi jami 1215 ta xonadonlarda yashovchi 9084 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
Shuningdek, “Shirinobod” mahallasida 1 dona, “Quyi Chordara" mahallasida 1 dona, “Gulobod" mahallasida 1 dona va “Yangiravot" mahallasida 1 dona yangi suv nasoslari o‘rnatildi. 2023 yil barcha manbalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, tuman bo‘yicha 6,4 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi, 1,8 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi va ta’minlanish darajasi 91,2 foizdan 92,6 foizga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 
26 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, Samarqand tumani hududidagi mahallalarda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM