Quyosh panellari: energetik barqarorlikka erishishning eng maqbul yo‘li

Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilyapti, tadbirkorlik rivojiga keng yo‘l ochildi. Pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, yurtdoshlarimiz turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boryapti.
Xususan, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foiz, shu jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
Shu munosabat bilan bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi turar joylarida muqobil energiyadan foydalanish borasida qator ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokiligida o‘tanzilgan yig‘ilishda ana shu masala muhokama qilindi. Unda sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilot mas’ullari, mahalla raislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi S.Usmanov quyosh energiyasi ishlab chiqarishda yangi quvvatlarni o‘zlashtirish, quyosh panellari uchun uskunalarni mahalliylashtirish borasidagi ishlarni tahlil qildi.
-  O‘rnatilgan quyosh panellari talab muttasil oshib borayotgan bir sharoitda juda kam, albatta, - dedi tuman hokimi. - Kamligi qaysiki ma’noda, mavjud ulkan tabiiy imkoniyatga yarasha davlat yirik loyihalarga start berdi. Lekin aholi o‘rtasida quyosh panellaridan foydalanish talab darajasida ommalashgani yo‘q. Mana shu birgina masalaga yechim topish orqali elektr energiya barqarorligiga erishish imkoniyati juda katta.
Yig‘ilish davomida quyosh panellarining qulayliklari, iqtisodiy tomonidan qulayligi tushuntirib o‘tildi. Har bir rahbarga mazkur ishlarni joylantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM