Navbatdagi sayyor qabul Bo‘zi mahallasida bo‘ldi

Qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda korxona-tashkilot vakillari ishtirok etdi. 

Unda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, suyultirilgan gaz ta’minoti, yo‘l belgilari o‘rnatish, oilaviy masalalar, noqonuniy qurilish, elektr ustunlarni almashtirish va boshqa ijtimoiy masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Kelib tushgan xar bir murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi. Qabul so‘ngida tuman rahbarlari mahalladagi ijtimoiy ob’yektlar, xususan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishdi. O‘rganish davomida maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida qandolatchilik yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilish ko‘zda tutildi. Shuningdek, mahalladagi mavjud oziq-ovqat savdo do‘konlaridagi mahsulot sifati hamda narx-navo ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM