Samarqand tumani o‘rtashiq mahallasida yashovchi Abduahadov Olmosning murojaati joyiga borib o‘rganildi.

Biroz avval https://t.me/Samarqand_live telegram kanalida Svesizlik yosh tadbirkorni qiynayapti nomli tanqidiy post e’lon qilindi.
Mazkur post quyidagicha qayt etilgan.
Men Abduahadov Almos Samarqand tuman O‘rtashiq mahalasiga yashayman. Men yosh tadbirkor. Men broler boqaman. Menga suvet muamo bo‘lyapti. 3 yildan beri boqaman. Svet juda ko‘p o‘chyapti. Menga boshqa liniyadan svet kerak. Jujalarim juda ko‘p. Svet muamosidan jo‘jalarim o‘lyapti. Kredit olganman. Uni qanday to‘layman. Sizdan iltimos, shu chorani ko‘rib berishingizni iltimos qilaman.
Mana buyerdayam nuralayd lapuchkalar yonayabti. Svet ko‘p o‘chganidan zaryadi yetmayapti. Svet kecha soat 12.09 atrofida o‘chib, ertalab 6:10da yondi. Darsga bordim 11:00 ertalab uchgani 4:10 yondi. Chora ko‘rishizni so‘rayman deyilgan postda.
Mutasaddi tashkilot vakillari holatni joyiga borib o‘rgandi.
Ushbu muammoning oldini olish maqsadida davlat xizmatlariga murojaat qilib, yana bitta qo‘shimcha elektr liniyasini o‘tkazish tushuntirildi. Bu borada amaliy yordam ham ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

 

Image_elon: 
2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM