“Ustozlar milliy forumi”da yutuqlar sarhisob qilindi, kelgusi vazifalar belgilandi

Tadbirda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov, tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari va metodistlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida e’tibor qaratib, ilm o‘rgatish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ulug‘ fazilat ekanini ta’kidladi.  
Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita hamda bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish borasida jiddiy ishlarga kirishildi.
Bugungi kunda tumanda 54 ta umumta’lim maktablari va 1 ta BABM faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ta’lim muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish, KPI  indikatorlari tahlili bo‘yicha ta’lim sifati past deb baholangan maktablarda oliy va birinchi toifali kadrlar ulushini oshirish maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2022 yil iyul holatiga jami pedagog xodimlar soni 2634 nafar bo‘lib, shundan oliy ma’lumotlilar 2368 nafarni, tugallanmagan oliy ma’lumotlilar 123 nafarni, o‘rta maxsus ma’lumotlilar 97 nafarni tashkil tmoqda. 
Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, tumanda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoyilari tuman hokimining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM