Buzg‘unchi g‘oyalar xalqimizga yot

Hozirgi davrda diniy ektremizm va xalqaro terrorizm xavfi butun jahon ahlini tashvishga solmoqda. Ma’lumki, ekstremistik harakatlar buzg‘unchi g‘oyalarga tayanadi, ulardan oziqlanadi. 
Shu bois ularga qarshi samarali kurashish uchun ekstremistik tafakkur qanday shakllanishini, uning ildizlari qayerdaligini chuqur o‘rganish zarur.  
Yoshlarni ruhan sog‘lom hamda ma’nan barkamol qilib tarbiyalash, turli yot g‘oyalardan himoya qilish bugunning dolzarb vazifasidir. 
Bugun tuman hokimligi faollar zalida viloyat din ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sohibnazar Baymuradov va din ishlari bo‘yicha tuman bosh mutaxassisi Azamat Gafurov ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda diniy ta’lim olish uchun Misr hamda Turkiya davlatlariga chiqib ketayotgan yoshlarning yashash manzillariga qaytarish bo‘yicha hamda terroristik diniy aqidaparastlik va shu kabi buzg‘unchi g‘oyalar mohiyati ularning muqaddas dinimiz qadriyatlariga zidligi, ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda ta’lim muassasalarida ilm olish, kasb-hunar o‘rganish yuzasidan yaratilayotgan sharoitlar davlatimizning ustuvor siyosati ekanligi haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM