Joriy yil 4 oyi davomida 25 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olinib, 5 nafar fuqaro vafot etgan

Bu haqda Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Maruf Voxidov navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarda jinoyatchilik hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash katta e’tibor qaratildi.
Afsuski olib borilgan profilaktik ishlarga qaramasdan ayrim transport vositalari haydovchilari tomonidan qo‘pol qoidabuzarliklarga ham yo‘l qo‘yilgan Xususan, tumani hududidagi avtomobil yo‘llarda joriy yil 4 oyi davomida 25 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olinib, bularda 5 nafar fuqaro vafot etgan. 22 nafari turli tan jarohati olib, shifoxonalarga yotqizilgan.
Shu bilan birgalikda haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan yo‘llarda doimiy nazorat tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Tuman hududida profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlari doirasida yo‘lovchi toshuvchi uyushmalarda 51 marta, avtoxo‘jaliklarda 26 marta, korxona va tashkilotlarda 37 marta, mahalla fuqarolar yig‘inlarida 47 marta, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 65 marta targ‘ibot tadbirlari, uchrashuv va davra suhbatlari olib borildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Samarqand tumani hududida jami 257,5 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, xalqaro ahamiyatga molik 57,5 km, respublika ahamiyatiga molik 6 km, viloyat ahamiyatga molik 103 km va mahalliy ahamiyatga ega 91 km avtomobil yo‘llarini tashkil etadi. Ushbu yo‘llarda harakat xavfsizligini  ta’minlash maqsadida 37 ta yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi. 18 ta eski yo‘l belgilari qaytadan ta’mirlandi. 56 km 52 kv.m yo‘l chiziqlari chizildi va 6 ta svetofor qaytadan ta’mirlanib, ishga tushirildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM