Tuman rahbarlari Do‘stlikdagi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Samarqand tumani Do‘stlik mahallasidagi 5-umumta’lim maktabida “Mansur Sifat Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlariga 2 milliard 400 millon so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, ushbu mahallada yangi 60 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti ham qad ko‘tarmoqda. Mahalla hududi obodonlashtirilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanyapti. Elektr energiyasidagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotir. Bularning bari “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning debochasi.
Bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, qurilish sohasi mutasaddilari mahallada bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni sifatli qilib, o‘z vaqtida ado etish vazifalari mas’ullarga topshirildi.


Rahbarlar kun davomida mahalla fuqarolarini ham qabul qildi. Aholini qiynayotgan muammolarning har biri alohida o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar albatta, o‘z yechimini topishi ta’kidlandi. Shuningdek, mahallada o‘zining tashabbuskorligi, mahalla obodligi va oilalar tinchligi, ijtimoiy-islohotlarda faol bo‘lgan fuqarolarga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM