Xalq ta’limi tizimidagi qizil hududga tushgan maktablarga malakali pedagoglarni jalb qilish borasidagi ishlar ochiqlandi

Shu mavzuga bag‘ishlangan ochiq muloqotda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, hozirgi kunda tumandagi 53 ta maktabda 42 ming 854 nafar o‘quvchi 31 ming 869 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim muassalarida tahsil olmoqda. Ushbu maktablarda jami 2766 nafar pedagog kadrlar faoliyat olib bormoqda. Shundan 2685 nafari (92.4%) oliy ma’lumotli, 81 nafari (7.6%) o‘rta maxsus ma’lumotga ega. O‘qituvchilarning sifat tarkibi e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oliy toifali o‘qituvchilar 168 nafar (6.2%), birinchi toifali o‘qituvchilar 470 nafar (17.6%), ikkinchi toifali o‘qituvchilar 797 nafar (30.5%), mutaxassis toifali o‘qituvchilar 953 nafar (38.5%)ni tashkil etadi.
O‘tgan davr mobaynida KPI indikatorlari tahlili bo‘yicha ta’lim sifati past deb baholangan 3, 36-maktablarda oliy va birinchi toifali kadrlar ulushini oshirish, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ulushini  esa kamaytirish maqsadida sezilarli darajada ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 3-maktabda oliy ma’lumotlilar soni 60 nafardan 63 nafarga oshirildi, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni esa 8 nafardan 5 nafarga tushirildi. 36-maktabda oliy ma’lumotlilar soni 35 nafardan 37 nafarga oshirildi, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni esa 10 nafardan 8 nafarga tushirildi.
Toifalar kesimida tahlil qilinganda, 3-maktabda oliy toifali 3 nafar (4.2%), birinchi toifali 12 nafar (16.2%), ikkinchi toifali 26 nafar (35.1%), mutaxassis toifali 22 nafar (44.5%) o‘qituvchilarni tashkil etadi. 36-maktabda  birinchi toifali 4 nafar (8.6%), ikkinchi toifali 15 nafar (32.5%), mutaxassis toifali 18 nafar (58.5%) o‘qituvchilarni tashkil etadi. 
2021-yilga nisbatan 2022-yilda toifaga ega bo‘lgan pedagog xodimlar soni ikkita maktabda 12 nafarga (18,9%) oshgan bo‘lib, shundan oliy toifalilar 4 nafarga (4,2%), birinchi toifalilar 6 nafarga (5,7%), ikkinchi toifalilar 10 nafarga (9,0%) oshgan, mutaxassislar soni esa 12 nafarga (18,9%) kamayganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, S1 sertifikatiga ega xorijiy til o‘qituvchilarining sonini oshirish maqsadida hozirgi kunda Xorijiy tillarni ommalashtirishni o‘rganish Agentligi, shuningdek,  Cambridge Assessment English (Kyembridj asesment inglish), bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilarini xalqaro CEFR va TKT kurslariga o‘qitish bo‘yicha tumandagi 21-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘quv kurslari faoliyat yuritmoqda.
Ta’lim sifati past bo‘lgan 2 ta ta’lim muassasasiga Samarqand  davlat  universiteti  O‘zbekiston  –  Finlyandiya  pedagogika  instituti iborat “Mobil metodik guruhlar” biriktirilgan.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM