Samarqand tumanida uch avlod vakkillari uchrashdi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasida tashkil etildi.

Ushbu tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi. Uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Unda Vatanimizning shonli tarixi xususida fikr almashishdi. Muloqotda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz yoshlik davridagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Bu uchrashuv yoshlar kelajakda to‘g‘ri yo‘l topishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng tuman hokimi yurtimizda yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib ulg‘ayishi, sifatli ta’lim olishi, sort bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganini qayd etdi. Tadbirda Qur’on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun duoga qo‘l ochildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM