Firdavs Nizomov, Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i: Tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berilmoqda

Samarqand tuman davlat soliq inspeksiyasiga yanvar oyi uchun byudjet daromadlariga 13 307 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 9 675 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 72,7 foizga bajarildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 8 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 8 tasiga 47,2 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 41 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Tuman bo‘yicha joriy yil yanvar holatiga 412 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada “Yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish” yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 208 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Telegram messenjeridagi “Soliqchi-ko‘makchi Samarqand tuman DSI” guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM