Joriy yil fevral oyida 518 nafar jismoniy shaxs o‘zini-o‘zi band qildi

Samarqand tumaniga fevral oyi uchun byudjet daromadlariga 13 439 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 14 884 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 110 foizga bajarildi.
Joriy yilning o‘tgan fevral oyida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 1 439.0 mlrd so‘mlik reja haqiqatda 1 824,0 mlrd so‘mga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha 139 mln. so‘mlik reja 244,3 mln. so‘mga bajarildi. Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida 88 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 13 tasiga 40,8 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 143 tasiga Ye-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Tuman bo‘yicha joriy yil fevral holatiga 518 nafar jismoniy shaxs o‘zini-o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada “Yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish” xizmati yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 278 kishi o‘zini-o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Telegram messenjeridagi “Soliqchi-ko‘makchi Samarqand tuman DSI” guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM