Davlat tilida ish yuritish kitobining taqdimoti o‘tkazildi

 

Samarqand tuman hokimligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bunyod Yarashev “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining ahamiyati, ish hujjatlarini yuritishda kitobning foydali jixatlari haqida maʼlumot berib o‘tdi.

- Mazkur amaliy qo‘llanmada tashkilot, muassasa va idoralarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar o‘z aksini topgan, - deydi Bunyod Yarashev. - Qo‘llanma tashkilotlar, muassasa va idora xodimlariga ish yuritish hujjatlarini samarali olib borishda yaqindan yordam beradi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM