Abdullo Nuriddinovga 40 million so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Bugun yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda hokimlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani, yoshlar tomonidan bildirilgan masalalar o‘z vaqtida qonuniy hal etilayotganini bunga bir misol qilib keltirish mumkin.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Quyi Chordara mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimi Nosir Mavlonov tumanning faol yoshlari bilan suhbatlashdi va bir guruh intiluvchan yoshlarning muammolarini yechib berdi.

— O‘zim 29 yoshdaman. Erkaklar kiyimi tikish sexi ochib, tadbirkorlikni boshlashim uchun tikuv mashunalari sotib olish niyatidaman. Natijada 5 nafar o‘zim tengi yoshlarni ish bilan ta’minlashni reja qilib turibman. Hisob kitoblarimga qaraganda 33 million so‘m mablag‘ tadbirkorlikni boshglab, ishni yo‘lga qo‘yish uchun yetadi. Bu borada imtiyozli kretit olishda amaliy yordam bersangiz, - dedi tuman hokimi bilan uchrashuvda Abdullo Nuriddinov.

Shundan so‘ng mazkur masala ijlbiy yechim topiladigan bo‘ldi. Abdulloga imtiyoz asosida 40 milliongacha kredit ajratiladigan bo‘ldi. Hokim bilan uchrashuvda 20 ga yaqin yoshlar o‘zlarining shu kabi masalalari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga o‘z takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM