Tuman hokimligida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Samarqand tuman kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasida tuman hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘lab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanovning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchilaklar hamda ularning yechimi bo‘yicha ahboroti eshitildi.

Shu bilan birga Jinoyat, Fuqarolik va Iqtisodiy sudlar tomonidan 2021 yilning ikkinchi choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida ahborotlari tinglandi.

Samarqand tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Safarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415 Formoniga muvofiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining 2021 yil ikkinchi choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faolityai hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodovning “Sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish hamda hududdagi aholi kayfiyatining tahlili to‘g‘risida”gi hisobotlari deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Sessiyada kun tartibidagi masalalarga oid qaror qabul qilindi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM