Yana bitta oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi

Qo‘shtamg‘ali mahallasida Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi Oxunboboyev oilaviy shifokorlik punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar tibbiyot sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor xususida to‘xtaldi. Xodimlarning malakasini oshirish, ularga zamonaviy sharoitlar yaratib berish orqali aholi salomatligini mustahkamlash ayni davr talabi ekanligi qayd etildi.


Mazkur punkt bugungi kunda Konigil, Qo‘shtamg‘ali, Jo‘yisoy va Qoziariq mahallalarida istiqomad qiluvchi 17 ming 500 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Muassasada 10 nafar oilaviy shifokor va 27 nafar o‘rta tibbiy xodimlar faoliyat olib boradi. Bino zamonaviy ta’mirlangan bo‘lib, barcha zarur texnikalar olib kelingan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM