Oʻzbekistonda 2023-yilda aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020 y.) Oʻzbekistonda 2023 -yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

2023-yil 1–25-noyabrda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida roʻyxatga olinadi.

Butun aholini roʻyxatga olish esa 2023-yil 1–25-noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

● 1–5-noyabrda aholi internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olinadi;

● 6–10-noyabrda internet orqali roʻyxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari roʻyxati shakllantiriladi;

● 11–22-noyabrda aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllari asosida uyma-uy yurib aholi roʻyxatga olinadi;

● 23–25-noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganiladi.

Qaror bilan aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.

Samarkand tumani Statistika bo'limi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM