Samarqand tumanida 152 gektar ochiq yer maydoniga  g‘alla ekildi

2022 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tumanda 2022 yil hosili uchun 324 ta  fermer xo‘jaliklari tomonidan 2 ming 35 gektar yer maydoniga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir kunda 26 gektar shundan jami 190 gektar maydonda yer tayyorlangan. 

 -Tumanda 2021 yil 24 sentyabr holatiga, 152 gektar maydonda kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan bo‘lib,  ushbu maydonlarni peshma-pesh sug‘orish ishlari olib borilishi inspeksiyaning tuman bo‘lmi tomonidan nazorat o‘rnatilib, g‘allani sug‘orish jarayonida suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatmalar berilmoqda, - deydi inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi katta inspektori Ja’far Axadov.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM