Navbatdagi sessiyada 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar tasdiqlanadi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni soat 16:00 da Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodovning “Sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish hamda hududdagi aholi kayfiyatining tahlili to‘g‘risida”gi axboroti tinglanadi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A Islomoving hisoboti eshitiladi.
Bundan tashqari Samarqand tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni ichidan munosibini tanlab olish va tasdiqlash to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayn tizimiga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilingan ishlari haqidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM