“Zil-130” rusumli yuk avtomashinasida yong‘in yuz berdi

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 15:38 da Samarqand tumani Xishrav-1 MFYda joylashgan “Davlatbek 95” MCHJ hududida “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasining motor qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 1 ta yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:50 da qurshab olingan va soat 16:01 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarari aniqlanmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM