Samarqand tumanidagi 39-maktab direktorligi yana bo‘sh qoldi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar qoniqarsiz deb topildi.

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodovning “Sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish hamda hududdagi aholi kayfiyatining tahlili to‘g‘risida”gi axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A Islomoving hisoboti eshitildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi ijrosini samarali tashkil eish maqsadida tumanda qator ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, “Konigil” va “O‘rta Ohalik” mahallasida arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha jami 16,732 mlrd. so‘mlik ishlar bajarilmoqda. Shundan respublika byudjetidan 7,379 mlrd so‘m, mahalliy byudjetdan 3.295 mlrd so‘m va homiylik, tarmoq korxonalari, aholi va tadbirkorlar hisobidan 5,017 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Deputatlar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dastur doirasida olib borilayotgan ishlarni qoniqarsiz deb topti. Va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqlishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng Samarqand tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar ichidan munosibini tanlab olish va tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqdi. Mazkur maktabning direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar to‘liq bo‘lmaganligi uchun keyingi sessiyada ko‘rib chiqish uchun qoldirildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM