Hurmatli iste’molchilar!

Yurtimizda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yog‘ingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tuman hokimligi va “Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat ko‘rsatish kerakligini so‘raydi.
Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yong‘inlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga o‘xshash hodisalar bilan bog‘liq favqulodda holatlar ko‘pincha qo‘lbola isitish moslamalari shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi nosozliklar tufayli sodir bo‘ladi.
“Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligini so‘rab qoladi. Agar sizda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll-markaziga, 104 avariya-dispetcherlik xizmatiga, shuningdek, “Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining (66) 616-23-05 raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM