"O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, sizchi?”

Yoshlarning siyosiy bilimini va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumi Samarqand tumanida ham bo'lib o'tdi.

 Targ’ibot tadbirining asosiy loyihalari  tumandagi “Versal” bazmgohida o'tkazilib, loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorinalar o‘tkazildi. 

 Shunigdek, yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Tanlov va loyihalarda g’olib va faol qatnashgan ishtirokchilariga esdalik sovg’alar topshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM