Aholini ro'yxatga olish qachondan boshlanadi?

Butun jahonda pandemiya natijasida hukum surayotgan iqtisodiy murakkab vaziyatdan kelib chiqib 2020 yilning 11 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizom asosida Samarqand tumanida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik bosqichida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadini keng jamoatchilikka tushuntirib berilmoqda.
Tumanimizda 74 ta mahalla va 76 ta qishloq aholi punktlari mavjud bo‘lib, xaritalar hamda sxematik rejalar asosida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq o‘rganib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman kadastr bo‘limiga qaytadan taqdim etildi. Kadastr bo‘limi bilan hamkorlikda bugungi kunga qadar 76 ta qishloq aholi punktlaridan 42 tasining sxematik reja va xaritalari yangilanib chiqildi.
Xonadonlar va ularda yashovchilar soni shakillantirilgan ba’zani qayta o‘rganish ishlari bo‘yicha tuman mahalla va oilani qo‘llab quvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda mavjud 76 ta mahalla va qishloq aholi punktlarining barchasi tahlil qilinib, yig‘ma ma’lumotlari shakillantirildi.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi.
Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak?
Ushbu tadbir iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?
Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari)ni hisoblashda foydalaniladi.
Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida foydalaniladi.
Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.
Mazkur keng miqyosli amaliyotning bosh maqsadlaridan biri mamlakatimizda, umuman har bir ma’muriy-hududda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ishdan iborat.
Faridun JABBOROV,
Tuman statistika bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM