Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari rag‘batlantirildi

Ta’kidlash joizki, respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda ham shu maqsadlar ko‘zlandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi rezolyusiyasiga asosan, 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e’lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Tuman hokimligida o‘tkazilgan ushbu tadbir doirasida obodonlashtirish boshqarmasida mehnat qilib kelayotgan bir guruh qishloq ayollari rag‘batlantirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM