Yangijoy, “Rustam” va “Diyor” mahallalarida muammolar o‘rganildi

Bugun tuman hokimi O‘rtashiq mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabida Kimyo, Fizika va Biologiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni bilan tanishdi. Kelgusida o‘quvchilarning bilim saviyasini yanada mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi ko‘rsatkichlarini oshirish va xalqaro fan olimpiadalarga tayyorlash borasidagi fikrlarini tingladi. Bu borada hokimlik tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilishini ta’kidladi.


Shundan so‘ng Yangijoy mahallasida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda aholining muammolari tinglandi. Kelib tushgan murojaatlarning barchasi ijro uchun nazoratga olindi, mas’ul tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.


Tuman hokimi “Rustam” mahallasida joylashgan Yakkasaroy bazmgohida tashkil etilgan tadbirda ham ishtirok etdi. Ko‘zi ojizlar jamiyati tashkil topganligining 90 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, reabilitasiya qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Tadbir bir piyola choy ustida davom etdi.


Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir hududi hisoblangan “Diyor” mahallasida amalga oshirilgan ishlar ham tuman hokimning e’tiboridan chetda qolmadi. Shu munosabat bilan mahalladagi ishlar mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda o‘rganildi. Ushbu mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Rustam Normuhammedovning murojaati asosida uning xonadoni ta’mirlab berilishi belgilangan. Bu jarayonning qay tariqa amalga oshirilayotgani, olib borilayotgan ishlarning sifati nazoratga olindi. Shu bilan birga tomorqachilikni ham rivojlantirish, fuqarolarning bu orqali o‘z daromadiga ega bo‘lishi uchun  mahalladagi hokim yordamchisiga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM