Arabxona mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Qabulda dastlab tuman hokimi Nurafshon, Saxovat, Arabxona va Xishrav mahallalarini qanday muammolar qiynayotgani bilan qiziqdi. Xususan, mahallalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishini bildirdi. Bunda mahalla raislarining o‘z mahallalarida eng avvalo, qaysi muammolarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarini tingladi.
Shundan so‘ng fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Farzandini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab kelgan Dilnoza Xudoyberdiyevaning murojaati qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan uning farzandi uchun birinchi yordam ko‘rsatilishi va keyinchalik davolatish uchun moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish belgilandi. Bu borada mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari qabulda mahalla hududidagi ko‘chalarga tungi yoritkichlar qo‘yish, yo‘lning zarur joylariga svetafor o‘rnatish, uy joy bilan ta’minlash, kadastr va boshqa maslalar to‘g‘risida 35 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ul rahbarlarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM