“Kitobxonlik haftaligi” davom etmoqda

Xo‘ja Ahrori Vali mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tumani hokimligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand tuman kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hakorlikda o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni xususida to‘xtalib o‘tishdi.
Darhaqiqat, dunyoda shunday tushunchalar borki, ularsiz nafaqat inson balki butun bashariyat taqdirini tasavvur etish qiyin. Odob-axloq, ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat shunday tushunchalardir. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ayni shu kabi omillar har bir insonning yetuk shaxs sifatida jamiyatda tutgan o‘rnini belgilaydi.
Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.
Shu sababdan bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik targ‘iboti yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.
Tadbirda shuningdek, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limining “Shashmaqom” ansambli va umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari tomonidan kitobni, ona Vatanni tarannum etuvchi she’rlar va kuy-qo‘shiqlar, monologlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM