Qo‘shko‘prik mahallasida katta o‘zgarishlar bor

Samarqand tumanidagi Qo‘shko‘prik mahallasida 551 ta xonadon bo‘lib, 2789 nafar fuqaro istiqomad qilishadi. Mahalladagi 128 nafar keksa avlod vakillarining hayot yo‘li yoshlarga ibrat maktabi vazifasini o‘tab kelmoqda. Ularning duosi bilan mahallada ahillik, tinchlik va osoyishtalik hukmron.


Bugun ana shunday ezgu ishlarga bosh bo‘lgan nuroniylar va aholi uchun mahalla binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.  Ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan tuman hokimi Sirojiddin Usmanov mahallada olib borilayotgan xayrli ishlar, tashabbuskor fuqarolari bor mahallalarning tobora ortib borayotganini e’tirof etdi.
 Shundan so‘ng Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlar xotirlanib, Qur’on tilovat qilindi.


-  Mahallamizda homiylar tashabbusi bilan ulkan ishlar amalga oshirildi, - deydi mahalla faoli Nemat Xomidov. - Mahalla hududidan o‘tgan katta ariq ustidagi ko‘prik qayta rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 700 metr ichki yo‘lga to‘liq asfalt qoplamasi yotqizildi. Fuqarolarning hamjihatligi evaziga hududda katta obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir bir piyola choy ustida davom etdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM