Tadbirkorlik sub’yektlari uchun seminar tashkil etildi

Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari mutaxassislarining xalqaro standartlar va fitosanitar talablari haqidagi bilimini oshirish borishni bugungi kunning o‘zi talab etmoqda. Shuningdek, eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga mahsulotlarni xorijiy davlatlarning fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlagan holda seminar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Seminarda “Invest in HOYOT” MCHJ, Paxta seleksiyasi va agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti va Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazi hamkorligida o‘tgan seminarda agroklaster, fermer-dehqon xo‘jaliklari, eksportyor korxonalarning ma’sul xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kuarshishni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish va eksportga chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni turli xil kasalliklardan saqlash, ya’ni terimdan keyin maxsus amaliyotlarni qo‘llash orqali mahsulotlarni qo‘shimcha saqlash muddatini 30% uzaytirish bo‘yicha keng ko‘lamda tushuncha va tavsiyalar berildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM