Qumzorda har bir oila qo‘llab-quvvatlanadi

Mahallada tashkil etilgan tadbirda ana shu fikr ilgari surildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahallada yashovchi keksa onaxonlar, “Ayollar daftari”da turuvchi ehtiyojmand oila vakillari ishtirok etdi.
Unda so‘z olgnalar mahallada ayollar faolligini oshirish, oilaviy kelishmovchiliklarni oldini olish, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash, hududda obodonlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratish hamda xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tkazib borish zarurligi to‘g‘risida to‘xtaldi. 
Bugun jamiyatning deyarli hech bir muammosini, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi. Oiladagi o‘g‘il-qizlarimizning qanday insonlar bo‘lib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bog‘liq, deyildi tadbirda.
Tadbir davomida mahalladagi “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga tikuv mashinalari topshirildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM