“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul”

Katta hayotiy tajribaga ega, turmush sinovlarida toblangan, ko‘pni ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlarning purma’no o‘gitlari, ko‘magi va maslahatlari yosh avlodning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib kamolga yetishi, jamiyatda munosib o‘rin topishida beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan har bir mahallada yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, ijtimoiy faol bo‘lgan nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Bugun Samarqand tumanidagi 16-umumta’lim maktabida ana shu tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Nayman mahallasidan Ravshan Raxmatov, Ravonak mahallasidan Soniya Muqumova, Ohalik mahallasidan Shamsiddin Vahobov, O‘rtashiq mahallasidan Shodmon Azizov hamda Nurafshon mahallasidan Xosiyat Bobomurodovalar ishtirok etdi. Tanlovda ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Yoshlar bizning kelajagimiz” va “Nuroniylar bellashuvchi” nomli shartlar asosida savol-javob, bahs-munozaraga kirishdi. Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Natijaga ko‘ra Nurafshon mahallasi ishtirokchisi Xosiyat Bobomurodova tanlovda g‘olib deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Shuningdek, Ohalik, O‘rtashiq mahallasi nuroniylari, Ravonak va Nayman mahallasi ishtirokchilari ham tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

 

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM