“1-oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni”

Chumchuqli mahallasidagi “Visol” bazmgohida “1-oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tumandagi xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, kasb-hunar maktablari faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov o‘qituvchi va murabbiylarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, yosh avlodni intellektual va ma’naviy salohiyatli qilib tarbiyalashda qo‘shgan hissasi, ta’lim-tarbiya tizimida ko‘p yillik samarali mehnati uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar tuman hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbirlari bir piyola choy ustida davom etdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM