Bugungi kun holatiga jami 1 811 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga murojaat qilgan bo‘lib, ularning 1 503 tasiga yordam ko‘rsatilgan.

Ochiq muloqotda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash boraisda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92 sonli qarori bo‘yicha Samarqand tumanida jami 74 ta MFY mavjud bo‘lib, aholi soni 265 669 nafarni tashkil etadi. Shundan 66 049 nafari yoshlar (14-30) hissasiga to‘g‘ri keladi (shundan yosh xotin-qizlar 32 371 nafar).
Mahallalardagi yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida tumandagi 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod sifatida vacancy.argos.uz platformasi orqali 74 nafar yoshlar yetakchilari saralanib olindi va ular hozirda mahallalarda faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kun holatiga jami 1 811 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga murojaat qilgan bo‘lib, ularning 1 503 tasiga yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, tuman bo‘yicha “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 138 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. 537 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida yer maydonlari ajratilgan. 489 nafariga Subsidiya ajratilgan. Shu bilan birga 128 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt pullari to‘langan. Bundan tashqari 115 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lovi to‘langan va 17 nafariga haydovchilik guvohnomasi harajatlari to‘langan. 6 nafari YATT faoliyati ochgan.
Mahallalardagi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha yil davomida 90 mln so‘mlik madaniyat va san’at inventarlari, sport jixozlari, kompyuter jamlanmalari va 160 mln so‘mlik kitoblar ajratildi. Joriy yilda 5 824 ta tadbirlar tashkil etilib, 50 ming nafardan ortiq yoshlar va boshqa toifadagi fuqarolar jalb etildi.
Jumladan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘nalishida 2 012 tadbirlarda 20 616 nafar yoshlar, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish yo‘nalishida 3 812 ta tadbirlarda 22 876 nafar yoshlar jalb qilindi. Shuningdek, bugungi kunda 5 bosqichli 5 tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Bunda jami 14 turdagi musobaqa va tanlovlar, jumladan, stol tennisi, shaxmat, shashka, voleybol, yengil atletika, stritbol, milliy kurash, streyet vorkout, kibersport musobaqalari, yosh kitobxon, xalq va zamonaviy cholg‘u asboblari, quvnoqlar va zukkolar, zakovat tanlovlari hamda yoshlar raqs festivallari tashkil etilishi belgilangan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM