“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan Samarqand tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Firdavs Nizomov hisobot berdi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022-yil 28-iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq ma’muriyatchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 2022-yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma’muriyatchiligi soddalashtirib, majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023-yil 1-martga qadar hisob varaq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ning to‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi.

Albatta, bu kabi o‘zgarishlar tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlamaqo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Samarqand tuman DSI xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Bugungi kunda Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi “Soliqchi – ko‘makchi tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektining “oyoqqa turib” olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga III chorak uchun byudjet daromadlariga 34,3 milliard so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 37,3 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 108.7 foizga (3,0 mld. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin ko‘makchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lish, ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.

Shu bugungi kunga qadar “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 1581 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 1366 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 481 ta, E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berishda 79 ta, E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berishda 200 ta, E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha 151 ta, ShXVdan ko‘chirma olishda 156 tatadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi.

Samarqand viloyati bo‘yicha 2022-yilning III choragida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 11 459 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, 5245 nafari ijtimoiy yo‘nalish, 3120 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 612 nafari sanoat, 1802 nafari qishloq xo‘jaligi, 450 nafari axborot-komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar, 230 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida ishonch telefonlari 66 612-53-91 hamda 66 612-55-21 tashkil qilingan bo‘lib, savol vamurojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni soda va xalqchil tilde tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM