Samarqand tumanida investisiyalarni jalb qilish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Samarqand tumani hokimining investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Asliyev matbuot anjumanida shu haqda ma’lumot berdi.
Samarqand tumanida 2022-yilda qiymati 807,8 mlrd so‘mlik 66 ta investisiya loyihalari ishga tushirilishi natijasida 1013 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Jumaladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida umumiy qiymati 461,6 mlrd so‘mlik 30 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 540 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati 113,8 mlrd so‘mlik 13 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 160 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 323,4 mlrd sumlik 23 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 313 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Yanvar-avgust oylarida qiymati 308,9 mlrd so‘mlik 41 ta investisiya loyihalari ishga tushirilib, 2110 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida umumiy qiymati 151,1 mlrd so‘mlik 15 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 361 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati  26,1 mlrd so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 104 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 131,7 mlrd so‘mlik 18 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 145 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Masalan, “Istiqlol shu’lasi” fermer xo‘jaligining umumiy qiymati 32,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Shifer ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish” loyihasida 80 ta, “Feed financing team” MCHJning umumiy qiymati 65,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Naslli parrandachilikni rivojlantirish” loyihasida 40 ta, “Edition textile” MCHJning umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Tikuvchilik faoliyatini tashkil qilish” loyihasida 150 ta, “Zafar sifat mebel” oilaviy korxonasining umumiy qiymati 13,0 mlrd so‘m bo‘lgan “Mebel ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasida 25 ta hamda “Registon metall baraka” MCHJning umumiy qiymati 11 mlrd so‘m bo‘lgan “Profnastil ishlab chiqari” loyihasida 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirilishi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-72 sonli qaroriga asosan 2022-yilda tumanda jami 3 ta loyihada 27 million AQSH dollar hamda qo‘shimcha 50 million AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan. 
Joriy yilning yanvar-iyul oylari uchun 7 million AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 8 ta loyihada 5,44 mln AQSH dollar o‘zlashtirilib, belgilangan reja 77,7 foizga bajarildi.
Xususan, AJ shaklidagi “Samfrut” XKning “Meva va sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashni tashkil qilish” loyihasi doirasida 2,3 mln AQSH dollar, “Istiqlol shulasi” FXning “Shifer ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi doirasida 2 mln AQSH dollar hamda “Zarafshon naslli parranda invest” MCHJning “Parrandachilik xo‘jaligini tashkil etish” loyihasi doirasida 6 mln AQSH dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM