Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova, tuman turizm va sport bo‘limi boshlig‘i F.Xotamovlar yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidlashdi.
Tuman bo‘yicha jami 54 ta umumta’lim maktablarining 44 tasida sport zallari, 41 ta futbol, 31 ta basketbol, 39 ta voleybol, 7 ta qo‘l to‘pi hamda 19 ta mini futbol maydonlari mavjud. Sport maktablarida 2110 nafar o‘quvchi-yoshlar sportning 27 turi bo‘yicha shug‘ullanib kelmoqda.
Bundan tashqari sun’iy qoplamali mini futbol maydonchalari 21 ta bo‘lsa, mahallalar balansida 5 ta, sport zallari 4 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan yil davomida jami 30 dan ortiq ommaviy “Yurish marafon”lari o‘tkazildi. Tumandagi bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sport oyligiga bag‘ishlab sambo, erkin kurash, dzyudo, futbol, stol tennisi, qo‘l jangi, karate WKF sport turlaridan tuman ochiq birinchiliklari o‘tkazildi.
Barcha ta’lim muassasalarida tasdiqlangan reja asosida sportning voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, stol-tennisi, basketbol, milliy kurash, quvnoq startlar, badminton bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalarida jami 32254 nafar (shundan 13125 nafari qizlar) nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Respublika musobaqalarida g‘olib va sovrindorlar soni 637 nafar, shundan, jaxon chempionatida sovrindor 5 nafar, Osiyo chempionatida sovrindorlar 12 nafarni tashkil etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, joriy yilda 2-BO‘SM tarbiyalanuvchisi Elshod Tolibov “Qo‘l jangi” bo‘yicha jaxon chempionatiga qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM