Ochiq muloqotda yoshlarning ekstremizm va terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi turli illatlarga aralashib qolmaslik humda bunday tahdidlarni hal etishda amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritildi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda yillar davomida to‘planib qolgan muammolar ochiq-oydin ko‘rsatilib, ularni hal etishga doir muhim vazifalar belgilab berilayotganini alohida qayd etmoqchiman, - dedi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili Azamat Gafurov. - Negaki, jamiyat hayotidagi hech bir soha davlatimiz rahbarining e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Eng asosiysi, davlatimiz Rahbarining alohida e’tibori tufayli barcha jabhalarda keskin burilish va ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilyapti.
Xususan, so‘ngi yillarda tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar, ziyoratgox va muqaddas qadamjolarni ta’mirlash, obodonlashtirish borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. “Xaj” va “Umra” ziyoratlariga boruvchilar soni sezilarli darajada oshdi, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar yanada yaxshilandi.
Muximi, bugungi kunda yurtimizda islom va boshqa din hamda mazxablarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham o‘z diniy marosimlarini (O‘zbekiston Respublikasining “Diniy tashkilotlar va vijdon erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni talablari doirasida) emin-erkin, xech qanday qarshilik va to‘sqinliklarsiz o‘tkazib kelmoqdalar. Mazkur marosimlarni tashkil etishda ularni davlat boshqaruvi organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar xar tomonlama qo‘llab-quvvatlab, imkon qadar amaliy yordamlar ko‘rsatmoqdalar.
So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
  Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.
Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida  targ‘ibot ishlari olib borish, tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan zarur chora-tadbirlar belgilandi, davra suhbatlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar ta’lim muassasalarining o‘quvchi, talaba, pedagog va xodimlarining ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, o‘quvchilarda kiyinish odobining buzilishi bo‘yicha 56 marotaba, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili ostida 121 marotaba, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutaassib g‘oyalarga berilish holatlarining oldini olish maqsadida204 marotaba, mahalla mullalari va otinoyilar bilan 5marotiba,to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish bo‘yicha 21 marotabama’naviy-ma’rifiy, profilaktik va davra suhbatlari tashkil etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM