Voyaga yetmagan bolalar tungi vaqtlarda bemaqsad yurishining oldi olindi

Samarqand tumanidagi Oqmachit mahallasida joylashgan kompyuter zallarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida voyaga yetmagan bolalarning tungi vaqtdlarda bemaqsad yurganliklari aniqlandi. Unda ayrim fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ham ko‘rildi.
Tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘basi, ichki ishlar bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Oqmachit mahallasida joylashgan kompyuter zali ko‘zdan kechirildi. Unda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz yurgan voyaga yetmagan N.S borligi aniqlandi. Uning ota-onasiga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi belgilandi.
Voyaga yetmaganlarning bu kabi muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish esa O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1882-moddasiga asosan, tegishli chora belgilab qo‘yilgan.
Binobarn: restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Aynan shu moddaga asoslanib, mazkur kompyuter zali rahbari M.Rga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Kelgusida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi. Reyd tadbirlari davom etmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM