Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas

Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor qaratishni, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni, jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.

Samarqand tumanidagi “Marjona” bazmgohida "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ana shu qadriyatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.
Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli bo‘lgan ushbu ayyomda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Murodov, sektor rahbarlari, tuman tibbiyot birlashmasi va Nuroniylar jamoatchilik kengashi vakillari tomonidan nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoq va boshqa zarur moslamalar topshirildi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilda ko‘zi ojizlar uchun maxsus kutubxona tashkil qilingan bo‘lib, ushbu kutubxonada 1500 dan ortiq kitob va bir qancha video, audio yozuvlardan fuqarolarimiz samarali foydalanib kelishmoqda. Bundan tashqari yil davomida 124 nafar nogironligi bor fuqarolarimizga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 63 ta nogironlik aravachasi, 32 dona qo‘ltiqtayoq, 20 ta hassa va 9 dona eshitish moslamalari olib berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM