Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yiladi

Samarqand tumanida aholining kommunal sohadagi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, elektr energiyasi va tabiiy gaz tahminoti iste’molining qonuniyligini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Shu asosda tumanda 10 ta noqonuniy elektr energiyasi hamda gaz ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruxlari shakllantirildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan mahallalardagi elektr energiya ta’minotiga, tabiiy gazga noqonuniy ulanganlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Afsuski joylardagi o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan qonunbuzish holatlarini sodir etayotgani aniqlandi. Xonadonda “ASKUE” eletron hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa ham noqonuniy ulanishlar sodir etilgan. Masalan, Gulbog‘ mahallasida yashovchi B.Z elektr hisobagichdan tashkari elektr eneriyasiga noqonuniy ulangani aniqlandi. Fuqaro davlatga 2 mln 584 ming so‘m zarar yetkazgani uchun unga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar o‘rtasida 30 marotaba tabiiy gazdan noqonuniy foydalash holatlari uchradi. Shuningdek, 119 mln 558 ming 315 so‘m miqdorida zarar aniqlandi. Elektr energiyasi ta’minoti sohasida esa 41 ta holat kuzatildi. 210 million so‘m zarar aniqlanib, dalolatnomalar tuzildi. Ayni paytda ham bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM