Ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

Unda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Baxriddin Mardonov ishtirok etdi.
Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 54 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 53 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari va 1 ta “Barkamol  avlod” bolalar maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalq ta’lim tizimidagi maktablarda 42 ming 347 nafar o‘quvchilarga 2766 nafar pedagog-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda.
Ta’lim sifatini oshirish uchun avvalo maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Shu bois 2022 yil davlat dasturi asosida xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3 ta umumta’lim maktablarida qurilish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, tumanning “Jo‘yi Abbos” mahallasida joylashgan 27-umumta’lim maktabida 140 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 5-umumta’lim  maktabning mavjud binosi mukammal ta’mirlandi. “Qoziariq” mahallasida joylashgan 43-umumta’lim maktabida 240 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari 23-umumta’lim maktabida homiylik mablag‘lari asosida loyihadagi yangi 210 o‘rinli binoning qurilishi boshlanib, joriy yil birinchi choragi yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 33 maktabda homiylar mablag‘lari asosida 2 ta sport zal, oshxona, 6 ta sinfxonalar to‘liq ta’mirlandi.
Maktablarda  5  tashabbus  doirasida  1  226  ta  to‘garaklar  tashkil  etilgan. Ularga 33 668 nafar o‘quvchilar jalb etildi.
2022  yil yakuni bo‘yicha ta’lim muassasalaridagi ma’naviy ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 7 ta indikator bo‘yicha baholanganda 54 ta umumta’lim maktablaridan 52 tasi “yashil” toifaga va 2 ta maktab “sariq” toifali maktablar deb baholandi.
2022 yilda 2598 nafar pedagog xodimlar o‘z malakasini oshirib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi. “Samarqand  tajribasi” sifatida Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti va maktablarning malakali o‘qituvchilaridan iborat 4 ta sektorlarda mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilarga metodik yordam beruvchi “Mobil  metodik  guruhlar” uchun 7 ta fundametal umumta’lim fanlardan matematika, kimyo, biologiya, fizika, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan 24 nafardan, informatika  fanidan  esa 3 nafardan jami 27 nafar eng ilg‘or, tajribali, fidoiy oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar saralab olinmb, 6 oy davomida 4 ta tayanch maktablarda yosh va malaka toifasi bo‘lmagan 609 nafar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish uchun maxsus o‘quvlar tashkil etildi.
2022 yilda 40 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari xalqaro (Google for education) sertifikat sohibi bo‘lishdi. Umumta’lim maktablari 13 ta yangi o‘quv kompyuter sinfi bilan ta’minlandi, 53 ta maktabda Wi-Fi va ichki lokal tarmog‘i tashkil etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM