Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumani Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida bo‘ldi

Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi kotibiyati mudiri Abdujabbor Umarov shu haqda ma’lumot berdi.
Xalq deputatlari tuman Kengash deputatlari aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralarini belgilash, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yo‘llash va uning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar va deputatlik guruhlarining Kengashdagi ishtirokini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda.
2022 yilda Kengash tomonidan jami 23 ta sessiya o‘tkazilib, 229 ta masala ko‘rib chiqilgan. Shundan hisobotlarni eshitish 109 ta, axborotlarni eshitish 16 ta, hokim qarorlarini tasdiqlash 10 ta hamda boshqa masalalar 94 tani tashkil qiladi. 
2022 yil davomida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi sessiyalarning yoritilishi, Kengash qarorlarining e’lon qilinishi, normativ-huquqiy tusdagi qarorlarning huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi bo‘yicha jami 23 ta sessiyalar ommaviy axborot vositalarida yoritilgan.
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlari jami 113 tani tashkil etadi. Shundan, javob berilganlari soni 112 ta, muddatidan kechiktirib javob berilganlari soni 1 ta so‘rovlari mavjud.
2022 yilda Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarga tarli uchrashuvlar o‘tkazildi. Bunda jismoniy shaxslarning aniqlangan muammolari soni 170 ta bo‘lib, ularning 165 tasi tuman deputatlari tashabbusi bilan bartaraf etilgan. 
Deputatlarning faoliyatlarini monitoring qilib, sessiyalarda eng dolzarb, aholini qiynab kelayotgan masalalarni kiritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM