Samarqand tumani adliya bo‘limining 2022 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov ishtirok etdi.
Ta’kidladiki, bo‘lim tomonidan 2022 yil 4-choragi davomida kelib tushgan 368 ta xat va hujjatlarning 188 tasi ko‘rib chiqilib, 5 tasi rahbar huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilingan. 8 tasi bo‘yicha nazorat rejasi, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 7 ta hujjat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan va 182 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Ushbu topshiriqlarning 1 tasi doimiy ijrodagi topshiriq xatlarni tashkil qiladi.
2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 210 ta turli mazmundagi shikoyatlari kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 206 tasi ko‘rib chiqilgan va 144 tasi qanoatlantirilgan. 62 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan. Bo‘lim tomonidan yil davomida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 45 marotaba takliflar berilgan.
Bo‘limga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun 46 ta huquqiy ekspertizadan o‘tkazish normativ tusdagi qaror loyixalari kelib tushgan.
Yil davomida adliya bo‘limi tomonidan jami 60 ming 721 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bular turlari bo‘yicha tahlil qilinganda ta’lim sohasiga oid 7159 ta, ijtimoiy ta’minot idoralarida 43 ming 273 ta, qurilish va arxitektura idorasida 2245 ta, yer resurslari va davlat kadastri idoralarida 446 ta, sog‘liqni saqlash sohasiga oid 284 ta, bandlik va mehnat munosobatlariga oid 43 ta, sanitariya va epidemologiya nazoratida 37 ta, moliya idorasida 19 ta, gaz ta’minoti idorasiga oid 18 ta, elektrotarmoqlar ta’minoti idorasida  va boshqa idoralar bo‘yicha 3738 ta qonunbuzilishlarni tashkil etdi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan bo‘lim tomonidan taqdimnomalar kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar tashkilotlar kesimida quyidagicha, jumladan, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish haqida hokimlikka 10 ta, moliya idoralariga 1 ta, yer resurslari va davlat kadastri  idoralariga 3 ta, qurilish va  arxitektura idorasiga 1 ta, davlat soliq korxonasiga 5 ta, sanitariya va epidemiologiya idorasiga 5 ta, ta’lim muassasalariga 110 ta, gaz ta’minoti idorasiga 14 ta, elektro ta’minoti idorasiga 3 ta va sog‘liqni saqlash muassasalariga 10 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan tumandagi mahallalarda, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. Yil davomida ma’ruzalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM