NAVBATDAGI SAYYOR QABUL VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Samarqand tumani 2-sektor hududiga qarashli Navobod mahallasida o‘tkazilgan qabulda tuman prokurori U.Muxammadiyev va tumandagi tashkilot rahbarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. Unda Navobod mahallasi fuqarolari ham qatnashib, 10 dan ortiq murojaati tinglandi.
Uchrashuvda asosan murojaatlar ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi. Har bir murojaat ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM