Nafbatdagi matbuot anjumani “Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash borasidagi ishlar” mavzusida bo‘ldi.

Unda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Jamshid Melikov ishtirok etdi.
2022 yilda tumanimiz mahallalari hayotida katta siyosiy voqea - mahalla raisi saylovi o‘tkazildi. Ushbu saylovda tumanimiz fuqarolari o‘z kelajagiga, mahallasining hayotiga befarq bo‘lmasdan o‘zlari munosib, deb bilgan mahalla raisiga ovoz berishdi.
Xususan, tumanimizda amaldagi qonunlarga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rildi. Ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari va mahallalarda tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan mahalla raisiga qo‘yiladigan talablar asosida mahallada doimiy yashovchi fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda mahallada kamida besh yildan buyon doimiy yashab kelayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, ish va hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega 3 nafardan 5 nafargacha jami 297 nafar fuqaro nomzod sifatida ko‘rsatildi.
2022 yil 16 maydan 21 may kuniga qadar tumandagi 74 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga 40 ta (29.6 foiz) ta’lim muassasalarida, 31 ta (22.9 foiz) mahalla binosida, 3 ta (7.69 foiz) bazmgohlarda saylov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Ovoz berish huquqiga ega 163 ming 674 nafar fuqarolardan saylov qonunchiligiga ko‘ra  19 ming 621 vakillar saylab olindi. Saylov jarayonlarida 16809 nafar (79.1 foiz) vakillar bevosida ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi.
Fuqarolarimiz, yoshlarimiz mahallaga nafi tegadigan, mahalla taqdiriga befarq bo‘lmaydigan shahslar bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilishsa, eng avvalo, mahallalarimiz, tumanimiz, viloyatimiz va yurtimiz obod va farovon bo‘lishi tabiiy.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM