Samarqand tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limining korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga murojaati

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil bahorgi mavsumda 494 ming dona mevali va manzarali daraxt va butalar ekilishi rejalashtirilgan. Hozirda ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. 
Hurmatli korxona va tashkilot rahbarlari. Sizlardan o‘zingizga biriktirilgan hududlarda daraxt ko‘chatlar rejasini belgilangan muddatda sifatli ekishni tashkilashtirish, sug‘orish tizimini yaratish, parvarishlash va uni saqlashga jiddiy e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Aks holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 3-bandiga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Unutmang! Har tup ekiladigan ko‘chat – yurt obodligi, atrof muhit tozaligi va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir.

Jaxongir Bobonazarov,
Samarqand tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi   boshlig‘i.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM